«temir yo‘l» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lini rekonstruksiya qilishni boshladi (+ foto)
21 fevral 2024, 20:45

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lini rekonstruksiya qilishni boshladi (+ foto)

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan 120 nafar ishchi jo‘natildi. Foto.

Temir yo‘l vokzallariga kutib oluvchi va kuzatuvchilarning pasportsiz kirishlariga ruxsat beriladi
12 oktabr 2023, 23:12

Temir yo‘l vokzallariga kutib oluvchi va kuzatuvchilarning pasportsiz kirishlariga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda endilikda kutib olish va kuzatib qo‘yishda fuqarolarga vokzallarga pasportsiz kirishga ruxsat etiladi. Perron va poyezdlar bundan mustasno.

Aerovokzal yaqinida to‘xtashga faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat beriladi
19 aprel 2023, 09:59

Aerovokzal yaqinida to‘xtashga faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat beriladi

Hukumat qarori bilan aerovokzal yaqinida to‘xtash faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat etiladi. Boshqa transportlar esa turargoh va to‘xtash joylariga yo‘naltiriladi. Estakadadan foydalanishda yengil avtomobillar 5 daqiqagacha, avtobus va mikroavtobuslar 10 daqiqagacha to‘xtab turishi mumkin bo‘ladi.

Toshkentda yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi
11 mart 2023, 15:59

Toshkentda yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi

Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida yuk poyezdining 3 ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketdi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi tegishli tarkibiy bo‘linmalar voqea sabablarini o‘rganish boshlaganini bildirdi.

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi
1 fevral 2023, 10:16

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

1 fevraldan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi. Bunga qo‘shni mamlakat hududida temir yo‘ldagi texnik ishlar o‘z vaqtida bitmagani sabab bo‘ldi.

Toshkent viloyatida temir yo‘l simlarini o‘g‘irlagan 3 kishi besh yilga ozodlikdan mahrum etildi
6 dekabr 2022, 17:05

Toshkent viloyatida temir yo‘l simlarini o‘g‘irlagan 3 kishi besh yilga ozodlikdan mahrum etildi

Sud tomonidan Toshkent viloyatida elektrovozlarini yuqori kuchlanishli elektr energiyasi bilan ta’minlovchi simlarning jami 140 metrini o‘g‘irlagan shaxslarga hukm o‘qildi. Ularning har biri besh yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Toshkentdan tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda
14 iyun 2022, 13:31

Toshkentdan tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda

Prezident Toshkentdan Xojikent, Bekobod va Angren yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda hozirgi poyezdlar parki eskirgani va yo‘lovchilar oqimiga bardosh bera olmasligi ta’kidlandi.

15 maydan Qozog‘istonga poyezdlar qatnovini tiklash rejalashtirilmoqda
12 may 2022, 09:45

15 maydan Qozog‘istonga poyezdlar qatnovini tiklash rejalashtirilmoqda

May oyining o‘rtalaridan «Nukus — Beyneu — Nukus» va «Olmaota — Toshkent — Olmaota» temir yo‘l qatnovlari qayta tiklanmoqda. Ularning yo‘lga qo‘yilishi oldinroq rejalashtirilgandi, biroq Qozog‘istondagi karantin cheklovlari tufayli keyinga qoldirilgandi.

23 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 fevral 2022, 22:40

23 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qoraqalpog‘istonga 3 kunga ketgan prezident, 1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinishi, Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga borib ishlagani uchun shifokorlar maoshiga to‘lanadigan 100% ustama, O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun $273,8 mln ajratgan OTB, Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan MO va YeI maxsus vakillari va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 23 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi magistral yo‘l quriladi
24 dekabr 2021, 21:03

Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi magistral yo‘l quriladi

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 280 kilometrlik yangi avtomobil va temir yo‘l qurilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur yo‘lning Markaziy Osiyo davlatlarini Qozog‘istonning janubiy, markaziy va shimoliy hududlari orqali Rossiya bilan birlashtirishi kutilmoqda

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 162 mln dollarlik kredit ajratadi
17 dekabr 2021, 09:25

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 162 mln dollarlik kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot bankining 162 mln dollarlik loyihasi doirasida Buxoro, Miskin, Urganch va Xiva shaharlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasi elektrlashtiriladi. «Buxoro-Xiva» liniyasining elektrlashtirilishi yillik yo‘lovchi tashish hajmini 2026 yilga kelib uch yarim barobardan ziyodga oshiradi. Loyiha natijasida yillik yuk tashish hajmi 2026 yilda jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘li qurilsa Eron, Pokiston portlariga yo‘l ochiladi — prezident
2 iyun 2021, 15:24

Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘li qurilsa Eron, Pokiston portlariga yo‘l ochiladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan uchrashuvda Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘li qurilishining ilk bosqichlari uchun Jahon banki tomonidan 35 mln dollar mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.

Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va farzandlarini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi
24 mart 2021, 13:04

Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va farzandlarini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatida ayol 3 nafar qiz farzandini temir yo‘l iziga olib chiqqan. Poyezd urilishi natijasida ayol olgan tan jarohatidan vafot etdi, 2016 yilda tug‘ilgan farzandi shifoxonada davolanmoqda.

«Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘ladi
3 fevral 2021, 15:41

«Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘ladi

Toshkentni Pokiston shimoli bilan bog‘laydigan «Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘lishi ma’lum qilindi. Loyiha uchun umumiy 4,8 mlrd dollar kredit jalb qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting